Avazbek Jo'raboyev

Anqara, Turkiya · yangi loyihalarga ochiqman

Avazbek Jo'raboyev

Kichik va o'rta biznes uchun saytlar

Shunchaki chiroyli emas: mijoz olib keladigan va vaqtni tejaydigan saytlar yasayman.

Men haqimda

Kichik va o'rta biznes uchun mijoz olib keladigan va vaqtni tejaydigan saytlar yasayman. Saytdagi bron yoki ariza bazaga yoziladi va bir zumda egasining Telegram'iga keladi.

Bu ishga do'kon va restoranda 6 yil ishlab kelganman, shuning uchun biznesning qaysi ishi vaqtni yeyishini ichkaridan bilaman. Hozir sun'iy intellekt va veb-saytlar bo'yicha malakamni oshiryapman.

Sayt biznesingizga nima beradi

  • 01

    Mijoz olib keladi

    Google qidiruvi va xaritasi uchun sozlangan, telefonda tez ochiladi. Mijoz bir bosishda qo'ng'iroq qiladi yoki Telegram'da yozadi.

  • 02

    Vaqtni tejaydi

    Bron, ariza va savollar o'zi bazaga yoziladi va Telegram'ga keladi. Qo'ng'iroqlarni daftarga yozib o'tirish kerak emas.

  • 03

    Hech bir ariza yo'qolmaydi

    Har bir murojaat saqlanadi. Telegram vaqtincha ishlamasa ham, tizim xabarni qayta yuboradi.

Loyihalar

Istanbul restorani saytining bosh sahifasi

Restoran uchun bron tizimi · demo

Istanbul Restaurant

Muammo
Toshkentdagi turk restoranining sayti yo'q edi. Bron faqat telefon orqali qabul qilinardi va qo'ng'iroqni o'tkazib yuborish oson edi.
Yechim
4 tilli sayt va onlayn bron formasi. Bron Supabase bazasiga yoziladi, trigger uni restoran guruhiga Telegram orqali yuboradi.
Natija
Har bir bron bir necha soniyada Telegram'ga keladi. Aloqa uzilsa, tizim har daqiqada qayta yuboradi, bron yo'qolmaydi.
Mehmon→Sayt→Supabase→Trigger→Telegram
  • Hotel Fatima Boutique, Buxoro

    Butik mehmonxona sayti. Xona so'rovlari mehmonxonaning Telegram botiga darhol keladi.

  • Mijoz qidiruvchi

    Google Maps'dan sayti yo'q yoki eskirgan bizneslarni topib, eng istiqbolli 50 tasini ajratadi.

Ish tajribasi

6 yil mijozlar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaganman: kassa, savdo, jamoa va restoran zali.

  1. 2026 · hozir

    Restoran xodimi · Uludağ Premium, Anqara

  2. 2025 · 2026

    Ofitsiant · Beshqozon osh markazi

  3. 2021 · 2025

    Menejer · Yusuf Shans MChJ

  4. 2020 · 2021

    Kassir · Yusuf Shans MChJ

Ta'lim

Bitiruv kunida, universitetda
  • Bakalavr

    Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

  • 2026 · hozir

    Malaka oshirish: sun'iy intellekt va veb-saytlar, Turkiya

  • Sertifikat

    AI agentlari bilan biznes jarayonlarini avtomatlashtirish · globalenstitu.com

Texnologiyalar

  • AI agents
  • n8n
  • Apify
  • Supabase · PostgreSQL
  • Telegram Bot API
  • HTML · CSS · JavaScript
  • Netlify
  • Claude Code

Aloqa

Biznesingizda har kuni takrorlanadigan ish bormi? Eng tezi, Telegram'da yozing.

Yoki shu yerda qoldiring